Hech ahamiyat berganmisiz, shunday ayollar borki, kattayu kichikni o‘ziga birdek rom etadi, doimo diqqat markazida bo‘ladi, hamma ular bilan suhbatga oshiqadi. Xo‘sh, buning siri nimada?
1. Hamma narsaga ijobiy qaraydilar
Ha, ularda ham asabiylik, tushkun kayfiyat bo‘ladi. Ammo faqat yaxshilikka ishonib yashaydilar. Yomonlikdan ham yaxshilik qidiradilar, yuzlarida doimo nim tabassumni ko‘rasiz. Tabiiyki, qovog‘i solingan, doim nimadandir norozi, o‘ychan ayollardan ko‘ra tabassum qiluvchi xonimlar bilan suhbatlashgingiz keladi. Undagi xush kayfiyat sizga ham “yuqadi”.
2. Mas’uliyatni o‘z bo‘ynilariga oladilar
Baxtli va xush kayfiyatda bo‘lishning sirlaridan biri hamma narsa o‘z izmingizdaligiga va o‘z hayotingizga faqat o‘zingiz javob bera olishingizdadir. Agar omadsizliklaringizga kimnidir aybdor qilsangiz, o‘zingizdan hammani uzoqlashtirasiz, chunki boshqalarga salbiy hislaringizni boshqalarga “yuqtirasiz”da.
3. O‘zlarini aldashmaydi
Bunday xonimlar o‘zlarini aldamaydilar. Hayotga teran qaraydilar va hammasi yaxshi bo‘lishiga o‘zlarini ishontiradilar. Aslida ham, shunday bo‘lishi uchun qo‘llaridan kelgan barcha narsani qiladilar.
4. Yaxshilikni ravo ko‘rishadi
Yaqin insonidan ayb axtaraverish munosabatlarni burchakka taqab qo‘yishini bilishadi. Hammani boricha qabul qilib, ortig‘ini kutmaydilar, atrofdagilarni o‘zgartirishga harakat qilmaydilar ham. Hatto hayotlardagi eng yomon hodisa yuz berganda ham, darrov aybdorlarni qidirishga kirishmaydilar. Aksincha, vaziyatga ob’ektiv yondashadilar.
5. Yaqinlarining o‘sishiga xalaqit bermaydilar
Aksincha yordam beradilar. Oilaning tinchligi uchun orzularidan voz kechishga to‘g‘ri kelganidan hech qachon nolimaydilar. Turmush o‘rtog‘ingizning qiziqishlari va orzulariga qarshilik ko‘rsatmaydilar. Ularning amalga oshishiga ko‘maklashadilar.
6. Ular avvalo o‘zlari uchun pardoz qilishadi
Hamisha o‘zlariga oro berib yuradilar. Ularni barcha kamchiliklari bilan, borlaricha qabul qiladilar. Har qanday sharoitda ham go‘zal bo‘lish uchun harakat qiladilar.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi