08:55 / 30.11.2016
15 849

Lavlagi tish og‘rig‘ini qoldiradi (+salat resepti)

Lavlagi tish og‘rig‘ini qoldiradi (+salat resepti)

Kuz qish mavsumida dasturxonimizni bezaydigan, salatlarimizning asosiy masallig‘iga aylanadigan lavlagining qanday foydali xususiyatlari bor?

Kamqonlikning oldini oladi. Uning tarkibidagi pektin organizmni erta qarish sababchilari- tiqilma va toksinlardan tozalaydi. Undagi S vitamini esa immunitetni mustahkamlab, kasalliklarga qarshi kurashuvchanlikni oshiradi. Lavlagidagi magniy va betain arterial qon bosimini tushirish, hazm qilishni yengillashtiradi, yo‘g‘on ichak saratonining oldini oladi.Miyada qon aylanishini yaxshilaydi, xotirani kuchaytiradi. Organizmga yod etishmaganida lavlagi sharbati samarali chora sanaladi. Faqat sharbatni tayyor bo‘lgan zahoti ichish kerak, uzoq saqlangan yoki turib qolgan sharbat o‘zining foydali xususiyatlarni yo‘qotibgina qolmay, zarar etkazishi ham mumkin.

XALQ TABOBATIDA:

Qabziyatda qaynatilgan lavlagiga biroz yog‘ qo‘shib eyilsa foyda beradi.

Kichik jarohatlarda qon oqayotganda lavlagi sharbati qonni to‘xtatish xususiyatiga ega.

Tish og‘rig‘ida lavlagidan bir bo‘lak kesib og‘riyotgan tish ustiga qo‘ying. U og‘riqni qoldiradi.

Lavlagi ozishni istaydiganlar uchun ham ayni muddao.

Erta soch oqarganida ham uni iste’mol qilish organizmni kerakli vitaminlar bilan oziqlantiradi va sochlar uchun ham foyda beradi.

Tozalangan lavlagini muzlatkichda usti yopiq holatda saqlang. Aks holda uning o‘zgarish yuz beradi. Ovqat tayyorlash jarayonida uning rangi yo‘qolmasin desangiz unga biroz sho‘r suv qo‘shing.

Lavlagili salat

2 ta lavlagi

2 ta sarimsoq

2 osh qoshiq magiz

2 osh qoshiq maydalangan yong‘oq

Yarim bog‘ ukrop

1 choy qoshiq uksus

4 qoshiq kungaboqar yog‘i

Tuz

Lavlagini qaynatib, sovuganidan keyin qirg‘ichning yirik tishidan o‘tkazamiz. Ustidan mayda to‘g‘ralgan sarimsoq, magiz, yong‘oq, ukrop, sirka, tuz, yog‘ solib aralashtiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Lavlagi tish og‘rig‘ini qoldiradi (+salat resepti)