Kichkintoylarimizni yo‘tali xuruj qilganda amal qilishiz mumkin bo‘lgan 7 tavsiya.
1. Yo‘taldan aziyat chekayotgan kichkintoy iloji boricha chang kam yig‘iladigan, gilam va yumshoq mebellardan xoli xonada vaqtini o‘tkazishi kerak. Kitoblarni oynaband, yopiq shkaflarda, o‘yinchoqlarni esa og‘zi yopiq idishda saqlang. Xonadagi changlarni har kuni artib chiqishni kanda qilmang.
2. Zarurat tug‘ilmaguncha, atirlardan, aerozol va o‘tkir hidli kimyoviy vositalardan foydalanmang. Polni ham oddiy xlorsiz suvda yuving. Va albatta bolani tamaki hididan asrang.
3. Jajji bemor yotgan xona quruq va issiq bo‘lsa bolada quruq yo‘tal avj olib, nafas yo‘llaridagi yallig‘lanish yanada avj oladi. Buning oldini olish uchun esa xonada 18 daraja haroratni saqlab turing. Namlik esa 60-70 foizdan kam bo‘lmasin.
4. Bola shamollasa, yo‘talsa organizm ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Shuning uchun xona haroratidan issiqroq suv va uy sharoitida tayyorlangan sharbatlardan ko‘proq ichiring. Suyuqlik balg‘am ajralishiga va organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi.
5. Yo‘talga qarshi dori tanlayotganda esa yaroqlilik muddati, allergiya bermasligiga ahamiyat bering. Kichkintoylarga eleksir, sirop, pastilka ko‘rinishidagi dorilar to‘g‘ri keladi.
6. Har qanday holatda ham farzandingizni, albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Yo‘talning siz bilamagan sabablari bo‘lishi mumkin. Shamollashdan yo‘talayapti deb o‘ylab, boshqa kasallikni o‘tkazib yubormang.
7. Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni shifokor tavsiyasiga ko‘ra go‘dakka 2 oyligidan boshlab berishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin