Zarur masalliqlar: 1 kg. baliq go‘shti, 2-3 ta qizil bulg‘or qalampiri, bitta sabzi, 3-4 dona pomidor, 1 bosh piyoz, yarimta limon sharbati, ko‘katlar, tuz; sousi uchun: 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Bulg‘or qalampiri va pomidorni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Sabzini qirg‘ichdan o‘tkazing.
2. O‘simlik yog‘i solingan tovada to‘g‘ralgan piyozni qizartirib qovuring. So‘ngra pomidor, sabzi va bulg‘or qalampirini qo‘shib, aralashtiring. Pomidorning sharbati ajralgach, to‘g‘ralgan ko‘katlarni soling. Oxirida limon sharbati sepib, olovni o‘chiring.
3. Sous uchun o‘simlik yog‘iga ezilgan sarimsoqpiyoz, tuz va murch qo‘shing.
4. Tozalangan baliq ichiga sabzavotli qaylani soling-da, ustidan sousni quying. Baliqlarni patnisga joylab, qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Taom o‘rtacha haroratda 30-40 daqiqada tayyor bo‘ladi. Pishgach, butunligicha dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat
8 kishilik “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi