11:03 / 23.12.2016
56 257

Mayizning 5 ta foydali xususiyati

Mayizning 5 ta foydali xususiyati

Mayizning 5 ta foydali xususiyatlari bilan tanishing.

1. Kamqonlik aniqlangan bo‘lsa, mayizni eyish bilan barobar uning suvini ichish ham tavsiya etiladi. Buning uchun 10 dona mayizni piyolaga solib, ustidan yarim stakan qaynatib ilitilgan suv quying. Piyola ustini yopib, ertalabgacha qoldiring. Och qoringa mayiz suvini ichib tursangiz gemoglobin miqdori normallashadi.

2. Xastalikdan keyin quvvatni tiklash uchun mayiz, yong‘oq va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Teng miqdorda yong‘oq va asalni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib, ta’bga ko‘ra asal bilan aralashtirib olasiz. Nonushta vaqti 1-2 choy qoshiqdan iste’mol qilib tursangiz kifoya.

3. Buyrak kasalliklarida kunora mayiz iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Mayiz tarkibidagi foydali elementlar peshob ajralashini faollashtiradi.

4. Muntazam mayiz iste’mol qilish og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida ham asqatishi mumkin. Mayiz suvi esa milk shamollashi, stomatit yaralari hamda yo‘talga foydali.

5.Mayizli muolaja semizlik, yurak etishmovchiligi, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi hamda qandli diabetda tavsiya etilmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mayizning 5 ta foydali xususiyati