20:34 / 23.12.2016
9 569

Yangi yilgacha tashlab yuborish kerak bo‘lgan 8 ta narsa

Yangi yilgacha tashlab yuborish kerak bo‘lgan 8 ta narsa

Vaqt o‘tishi bilan sevimli buyumlaringiz eskirib qolganini sezmay ham qolasiz. Uyda hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan va keraksiz bo‘lsa ham tashlashga ko‘zimiz qiymaydigan narsalar juda ko‘p. Agar siz hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buyumlaringizni tez-tez yig‘ishtirib turing. Bu maqola sizga keraksiz narsalardan qutulishga yordam beradi.

1. Eski pardoz-andoz buyumlari

Pardoz-andoz buyumlarini saqlash muddati o‘tishi bilanoq tashlab yuboring, «har ehtimolga qarshi» saqlab o‘tirmang.

2. Badan uchun mochalkalar, shuningdek tish cho‘tkalari

Ular bakteriyalar ko‘payishiga sharoit yaratuvchi narsalar hisoblanadi. Shuning uchun mochalkalarni har oyda, tish cho‘tkalarini esa har uch oyda yangilab turing.

3. Eski dorilar

Muddati o‘tgan dorilardan foydalanish organizm uchun juda katta xavf tug‘diradi.

4. Eski jurnallar

Yaxshisi, eski jurnallarni to‘planib qolgan eski qog‘ozlarga qo‘shib makulaturaga topshiring.

5. Eski idishlar

Mikroto‘lqinli pechlarda ishlatiladigan plastik idishlar tarkibida vaqt o‘tishi bilan organizm uchun zararli bo‘lgan polikarbonatlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yangisini sotib olishni unutmang.

6. Eski oyoq kiyimlar

Tuzatib bo‘lmaydigan, yaroqsiz holga kelib qolgan eski oyoq kiyimlarini saqlab o‘tirmasdan tashlab yuboring.

7. Kiyilmaydigan kiyimlar

Agar siz kundalik kiyimingizni yil davomida bir marta ham kiymagan bo‘lsangiz, yaxshisi uni tashlaganingiz ma’qul. Aks holda, yana muammoga duch kelasiz: kiyimingiz ko‘p, lekin kiyishga hech narsa yo‘q.

8. Ovqat qoldiqlari

Sovitgichdagi eyilmay qolgan ovqatlardan juda ehtiyot bo‘ling. Ularning ko‘pchiligini ochiq holda saqlash sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangi yilgacha tashlab yuborish kerak bo‘lgan 8 ta narsa