17:07 / 28.12.2016
8 614

Nafas olishning xotira va qo‘rquvga bo‘lgan ta’siri aniqlandi

Nafas olishning xotira va qo‘rquvga bo‘lgan ta’siri aniqlandi

AQShdagi Shimoli-G‘arbiy universiteti olimlari nafas olishning xotira va qo‘rquv hissiga bo‘lgan ta’sirini aniqlashdi. Tadqiqotchilar o‘z xulosalari bilan The Journal of Neuroscience jurnalida bo‘lishishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Nafas olish davomiyligi miyada elektr faolligini keltirib chiqaradi. Bu holat og‘iz yoki burundan nafas olish hamda nafas olish hamda uni chiqarish qanday tezlikda amalga oshishi bilan bog‘liq. Etti nafar tutqanoq kasalligi bilan og‘rigan va 70 nafar sog‘lom insonning elektroensefalogrammasi nafas olishda miyaning uch qismi ishlashini ko‘rsatib berdi: hidlarni qayta ishlashga mas’ul bo‘lgan hid bilish qismi, xotirani nazoratda ushlab turuvchi gippokamp va his-tuyg‘u jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan bodomsimon bez. Ishtirokchilar burun bilan nafas olishganda qo‘rqinchli yuzlarni tezda tanib olishgan, shuningdek bunda ma’lum bir ob’ektlarni eslab qolish ham yaxshilangan.

Avvalgi tadqiqotlar esa insonning nafas olish davomiyligi tinchlangan holda daqiqasiga 12-18 nafas olish va chiqarishni tashkil etishini ko‘rsatib bergan. Bu ko‘rsatkich hayajonlanganda 20 ga etadi. «Siz qo‘rqsangiz nafas olish va chiqarish davomiyligi ham oshadi. Natijada siz tinch holda turgandan ko‘ra ko‘proq nafas olasiz. Shu tariqa, organizmning qo‘rquvga bo‘lgan tabiiy sezgirligi miya ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va natijada xavfli qo‘zg‘ovchilarga ta’sirchanlik vaqti qisqaradi», - deya ma’lum qilishdi tadqiqot mualliflari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nafas olishning xotira va qo‘rquvga bo‘lgan ta’siri aniqlandi