17:22 / 10.01.2017
16 588

2017 yilda urf bo‘ladigan atirlar

2017 yilda urf bo‘ladigan atirlar

Atirni xuddi o‘zingizga ideal ko‘ylak tanlayotgandek alohida e’tibor bilan tanlash zarur. Bu maqolada atirlarning eng dolzarb turlari yig‘ilgan.

Dior

Muattar hidlar orasida sizga tanish bo‘lgan va hali ham mashhurlikni qo‘ldan bermay kelayotgan Dior uyi tomonidan yaratilgan – Dior Addict’ni ta’kidlab o‘tishimiz joiz.

Miss Dior ham o‘zining yengil gul ifori bilan katta shuhrat qozongan.

Thierry Mugler

Thierry Mugler’ning Womanity atiri ham o‘z muxlislarini yo‘qotmaydi. Ular qulupnay, anjir va osyotr ikrasi hidlarining o‘ziga xos birikmasi tufayli nozik didligi bilan katta muvaffaqiyat qozondi.

Yana bir variant – Guerlain’ning La Petite Robe Noire ma Robe atiri. Bu erda sitrusli hidlar bilan bergamot, atirgul, yasmin va bodom hidlari qo‘shilib ajoyib muattar ifor yaratilgan.

Chanel

Yangi xushbo‘y hidni tanlamoqchi bo‘lganlarga yangi polyakcha nomdagi Misia — o‘n beshinchi Les Exclusifs de Chanel’ga e’tibor qaratishlarini maslahat beramiz.

Marina de Burbon

Marina de Burbon’ning Classique atiri ham o‘zining gulli-mevali hidi bilan diqqatingizni jalb qiladi deb o‘ylaymiz.

Blumarine

Italiya modalar uyi Blumarine’ning yangi gulli-sitrusli hidlar aralashmasi toza, nafis va yangi gul – suvdagi nilufar ruhida yaratilgan.

Yangi xushbo‘y Blumarine Ninfea atiri tabiatan romantik, xayolparast va zavq-shavqqa to‘la ayollarga bag‘ishlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yilda urf bo‘ladigan atirlar