16:09 / 14.09.2016
27 281

Xolesterinni tushuruvchi 6 mahsulot

Xolesterinni tushuruvchi 6 mahsulot

Qon tarkibida xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan insonlar doimiy ravishda quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilib yursalar, qondagi xolesterin miqdori 10 foizga kamayadi.

1. Brokkoli, ismaloq, selderey
Bu sabzavotlar tarkibidagi kletchatkalar organizmdan xolesterinni haydaydi. Karam va ismaloqdan zaytun yog‘i qo‘shilgan mazali salat tayyorlasangiz bo‘ladi.

2. Grechixa
Grechixa tarkibida temir, fosfor, kaliy, ruh, yod kabi mikroelementlar mavjud. Shuningdek, grechixa tarkibidagi E, PP kabi vitamin va aminokislota va foliy kislotalari qon aylanishini yaxshilaydi. Grechixa eng kam kaloriyali, parhez mahsuloti hisoblanadi. U arteriyalarni tozalashdan tashqari ortiqcha vazndan ham xalos qiladi.

3. Olma
Olma tarkibidagi pektin va tannin moddalari qondagi shakar miqdorini me’yorlashtiradi. Bir kunda bir nechta olma tanovvul qilish organizmni toksinlardan xalos qilib, hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Asosiy vitamin va mikroelementlar olmaning po‘stida bo‘ladi, shuning uchun avval mevani yaxshilab yuvib, po‘stini archmasdan tanovul qiling.

4. Ko‘k choy
Asl ko‘k choy eng yaxshi antioksidantlardan biridir. Kazetin antioksidanti, xolesterin miqdorini kamaytirishi ilmiy asoslangan. Qahvani ko‘k choyga almashtirib, qondagi xolesterindan xalos bo‘la olasiz.

5. Sarimsoqpiyoz
Sarimsoqpiyoz magniy va pektinga boy sabzavotdir. Doimiy ravishda sarimsoqpiyoz iste’mol qilish qon aylanishini yaxshilaydi, organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi va eng asosiysi xolesterin miqdorini me’yorga keltiradi.

6. Malina, qulupnay, maymunjon
Ushbu mevalar tarkibida ham organizmni tiqinlardan tozalovchi va qon tomirlari to‘qimalariga yaxshi ta’sir ko‘rsatuvchi pektin moddasi mavjud. Shuningdek, ushbu xushbo‘y reza mevalar tarkibidagi beta-sitosterin moddasi xolesterinni me’yorda ushlab turadi.

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Xolesterinni tushuruvchi 6 mahsulot