17:18 / 28.02.2015
8 995

Olmaliq shahrida 2014 yilda pora olganlik yuzasidan 4ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Olmaliq shahrida 2014 yilda pora olganlik yuzasidan 4ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

SVOJJDLQK departamentining Olmaliq shahar bo‘limi xodimlari tomoidan turli suiitse’molliklarni aniqlash yuzasidan olib borilgan choralar natijasida 2014 yilda tamagirlik yo‘li bilan pora olganlik holati bo‘yicha 4ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi. Jumladan, fuqaro M. Umarov bir tanishiga “Olmaliq KMK” OAJning ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 1500 AQSh dollarini pora tariqasida olganda ushlandi. “Olmaliq TMK”da idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimi U. Toshboyev esa mahalladoshini Navoiy Davlat konchilik institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun undan 6 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomnidan qo‘lga olindi.

Har ikki holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlarga sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaliq shahrida 2014 yilda pora olganlik yuzasidan 4ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi