Xitoyda internet-foydalanuvchilarning qayd qilish yozuvlarini olib borishni tartibga solish va tarmoqdagi axborotni kuchliroq nazorat qilishni nazarda tutuvchi yangi qoidalar joriy qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” nashriga asoslanib, kun.uz xabar beradi.
“Akkauntlarning o‘n qoidasi” Xitoyda 4 fevraldayoq chop etilgan edi. Bu qoidalar 1 martdan boshlab internetda xorijiy davlatlar rahbarlari, mashhur insonlar nomlari va boshqa o‘ylab topilgan nomlardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutadi. Shu tariqa, 1 martdan boshlab xitoylik foydalanuvchilar internetda ro‘yxatdan o‘tganida, o‘z ism-shariflarini ko‘rsatishi lozim bo‘ladi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, avatarlar hamda davlat va jamiyatga zarar keltiruvchi istalgan axborotdan foydalanish man qilinadi. Bundan tashqari, mamlakatning diniy siyosatiga futur etkazuvchi va millatlaro adovatga undovchi ma’lumotlarni tarqatish ham noqonuniy hisoblanadi. Pornografik, ekstremistik yo‘nalishdagi materiallarni tarqatish, qimor o‘yinlari, fohishabozlik va boshqa zararli odatlarni targ‘ib qilish taqiqlanadi.
Bu qoida chop etilganidan keyin Xitoydagi internet-kompaniyalar qayd qilish yozuvlarini tartibga solishni boshlashgan. Kompaniyalarning bunday “o‘z o‘zini tekshirishlari”ni hukumat “ijobiy holat” deb baholadi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?