19:51 / 02.03.2015
6 825

Moskva metrosida metrodan chiqaverishda biletlarni tekshirish uchun turniketlar o‘rnatiladi

Moskva metrosida metrodan chiqaverishda biletlarni tekshirish uchun turniketlar o‘rnatiladi

Moskva metropoliteni yo‘lovchi xizmatlari xizmati boshlig‘i Andrey Filatov metrodan chiqaverishda biletlarni tekshirish uchun turniketlar o‘rnatilishini ma’lum qildi. Bu haqda M24.ru portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, metropolitenda bunday tizim bilan yo‘lovchilarning nafaqat qaysi stansiyalarda metroga tushishlari, balki chiqishlarini ham bilish mumkin bo‘ladi.

“Troyka” kartasi personallashtirilgandan (kartaga uning egasining shaxsiy ma’lumotlarini kiritish) keyin bu ma’lumotlar qoidaga amal qilish dasturini yaratish hamda bepul yuradigan yo‘lovchilar sonini kamaytirishga ko‘mak beradi.

“Yo‘lovchilarni metrodan chiqishda identifikasiya qilish uchun chiqishda turadigan turniketlar kartasi bo‘lgan yo‘lovchilarni tanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Misol uchun, tog‘-chang‘i kurortlarida ko‘targichga chiqayotganda ishlaydigan ski-pass tizimiga o‘xshash ravishda. Yo‘lovchi kartani turniketga qo‘yadi, turniket to‘sgichlari ochiladi, safar hisobdan chiqarilmaydi”, deb aytdi Filatov.

Bu tizim qachon ishga tushirilishi hozircha aytilmagan. Moskva metrosi matbuot xizmatining aytishicha, agar bu tizim ishga tushirilsa, bir martalik chiptalar egalari ularni safar oxirigacha o‘zlarida saqlashlari lozim bo‘ladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskva metrosida metrodan chiqaverishda biletlarni tekshirish uchun turniketlar o‘rnatiladi