Ijtimoiy tarmoqda Nyu-York shahri, Bruklin tumanida sumalak sotilayotgani haqidagi e’lon chop etildi.
E’lon matnida bir litr sumalakning narxi 15 dollar ekani aytib o‘tilgan. Yarim litr mahsulot esa 7 dollarga baholangan. E’londa, shuningdek, murojaat uchun Sanobar ismli sotuvchining telefon raqami va manzili ham chop etilgan.
Mazkur e’longa ko‘pchilik yurtdoshlarimiz o‘zining ijobiy munosabatini bildirib, sumalakni AQShning boshqa shtatlariga ham jo‘natish imkoni mavjudmi, degan savolni o‘rtaga tashlagan.
Qayd etib o‘tish joiz, O‘zbekistondagi supermarketlarda ham 400 grammlikdan 1 litrlikkacha bo‘lgan idishlarga qadoqlangan sumalak sotish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 600 grammlik mahsulot narxi 5750 so‘m qilib belgilangan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi