Muftiy Abdulaziz Ash-Shayx Eron oyatullohi Ali Hamanoiy Saudiya hukumatini o‘tgan yili Haj amallarini bajarayotib, u erdagi tirbandlik tufayli hayotdan ko‘z yumgan musulmonlarning o‘limida ayblaganidan so‘ng unga nisbatan shunday munosabat bildirdi, deyiladi "Kun" nashrida.
Bunday ayblovlar ikki mamlakat munosabatlarining keskinlashuvini bildiradi.
Hamanoiy dushanba kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida saudiyaliklarni Haj safarini ado etayotganlarga suv berib yoki tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rniga shafqatsiz qotillar sifatida o‘lishiga yo‘l qo‘yib berganlikda ayblaydi.
Saudiya muftiysi esa Hamanoiyning bunday ayblovidan “ajablanmasligi”ni aytdi.
“Shuni anglab etish kerakki, ular (eronliklar) musulmon emas, chunki ular maju’s avlodlaridir va ularning musulmonlarga, ayniqsa sunniy mazhabdagi musulmonlarga bo‘lgan adovati azaldan ma’lum”, - dedi saudiyalik muftiy.
Manbaga ko‘ra, 2015 yilda Haj ziyorati davomidagi tirbandlik natijasida kamida 2 426 kishi halok bo‘lgan. Ularning orasida eng ko‘p halok bo‘lganlar, ya’ni 464 nafar kishi Eronga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi