14:24 / 07.09.2016
12 976

Prezident Islom Karimov haqida hujjatli film

Prezident Islom Karimov haqida hujjatli film

O‘zbek xalqi juda ko‘p qiyin kunlarni boshidan kechirgan. Ochlik, urush, qaramlik... Bular xalqning sabrini elakladi, sabotini tobladi. 70 yildan ziyodroq vaqt davomida sobiq Ittifoqqa qaram bo‘lgan bu millat uchun kechani tiklash, ertani qurish amri mahol bo‘lib qolgandi.

Ishonch – bu inson hayotidagi eng muqaddas tushuncha. O‘zbek xalqi ertasiga allaqachon ishonchini yo‘qotgan edi. U uchun umrning mazmuni, hayotning haqiqati ham o‘sha muzlab yotgan paxta chanoqlarida berkingan edi, go‘yo. O‘zbekiston eng yirik paxta plantasiyasiga aylantirildi. Oddiy aholi o‘z tomorqasi bugungidek rayhonu jambil emas, paxta ekdi. Evaziga yog‘ni ham, shakarni ham navbatda turib olishga mahkum etildi. Bu shunchaki cho‘pchak emas, xalqimiz o‘z boshidan kechirgan mudhish haqiqat.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan ishlangan “E’zoz” nomli filmda xalqimiz boshidan kechirgan kunlar, og‘ir turmush tarzi, Mustaqillikka erishishga bo‘lgan harakat, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mardonavor faoliyati haqida so‘z boradi.

Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Islom Karimov haqida hujjatli film