12:40 / 13.09.2016
6 773

Yaponiyada arilar tinchini buzgan sportchilardan o‘ch oldi

Yaponiyada arilar tinchini buzgan sportchilardan o‘ch oldi

Yaponiyaning Xide shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro yengil atletika marafonida ishtirok etganlarning 115 nafari arilar hujumidan aziyat chekishdi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Hodisa marafon qatnashchilari ko‘prikdan yugurib o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Sportchilarning shovqini va vibrasiyasidan arilar uyasining tinchi buzilgan va hasharotlar buning uchun yuguruvchilarni yanada tezroq yugurishga majbur qilib, jazolagan. Natijada, 8 kishi ari chaqishidan vujudga kelgan allergiya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Umuman, marafonda bir yarim mingdan ortiq kishi ishtirok etgan, polumarafonda esa, 697 nafar yuguruvchi qatnashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiyada arilar tinchini buzgan sportchilardan o‘ch oldi