13:11 / 13.09.2016
8 688

Dunyodagi eng qimmat choynak 3 million dollarga baholandi

Dunyodagi eng qimmat choynak 3 million dollarga baholandi

London shahrida dunyodagi eng qimmatbaho choynak namoyish etildi. Uning narxi esa 3 million dollarga baholandi, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Egoist deb nomlangan tilla choynak Scavia italyan firmasi zargarlari tomonidan yaratildi. Uni bezatish uchun 1,6 mingdan ortiqroq brilliant va 388 ta rubin toshi ishlatildi.

Choynakning markaziga 6 karatli rubin o‘rnatilgan, qopqog‘ini esa yana bir qimmatbaho metall 20 karatli qimmatbaho tosh bezab turibdi.

Mazkur choynak Chitra kolleksiyasiga kiradi. Bu kolleksiyadan, shuningdek 1700 ga yaqin o‘ziga xos oshxona idishlari va anjomlari o‘rin olgan. Ularning orasida Uinston Cherchillning qiziga tegishli bo‘lgan kumush choynak va piyolalar, Xitoydagi Sun imperiyasi davriga mansub bo‘lgan idishlar majmuasi ham bor.

Bungacha esa Sotheby's auksionida 2 million dollarga sotilgan choynak eng qimmat choynak hisoblangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi eng qimmat choynak 3 million dollarga baholandi