15:59 / 13.09.2016
14 273

O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi

O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tilla va zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlar davomida “Ayritom” chegara-bojxona kompleksi xodimlari tomonidan afg‘onistonlik M.Salimning (ismi sharifi o‘zgartirilgan)qing‘ir qilmishlari fosh qilindi. Respublikamiz hududi orqali xorijga yo‘l olgan ushbu shaxs tomonidan to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasidagi ma’lumotlar asosida unga tegishli bagaj va qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasida deklarasiyada ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha salkam 4 kg og‘irlikdagi quyma tillalar borligi aniqlandi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi. Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 494,5 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi salkam 4 kg oltin davlat egaligiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 5 avgustda 2606-son bilan ro‘yxatga olingan “Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tish paytida jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldiriladigan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasining 5-bandida har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori aniq ko‘rsatilishi shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi