12:59 / 16.09.2016
9 934

O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov AQShga yo‘l oldi

O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov AQShga yo‘l oldi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoilning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov davolanish uchun AQShga jo‘nab ketgan, deyiladi "Kun" nashrida.

“Elimizning ardoqli va atoqli shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Davlat madhiyasi muallifi, buyuk ustoz Abdulla Oripov sog‘ligini tiklash va yanada mustahkamlash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga uchib ketdilar va bugungi kunda muolaja olmoqdalar. Ulug‘ ustozimizga Yaratgandan sog‘lik, salomatlik tilaymiz. Millatimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz oldida hamisha ta’zim va tashakkurdamiz. Durdona asarlaringiz bilan xalqimizning ming yillik oltin xazinasini yanada boyitaverishingizga tilakdoshmiz. Baxtimizga bor bo‘ling, ulug‘ ustoz!”, deb yozadi Muhammad Ismoil.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov AQShga yo‘l oldi