Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Xall shahridagi do‘konda sotuvchilik qiladigan ayol o‘zining xotirjamligi bilan pulni o‘marishga kirgan o‘g‘rining hushini boshidan uchirdi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Karamjit Sanganing hikoya qilishicha, u choy ichib o‘tirganida, do‘konga 20smlar keladigan pichoq bilan qurollangan erkak kishi bostirib kirgan.
«U menga barcha pullarni berishni buyurdi. Biroq, men xotirjam edim. Men choy ichayapman, deb javob berdim», — degan jasur sotuvchi.
Shundan so‘ng, jinoyatchi yana bir bor naqd pullarni berishni talab qilib o‘shqirgan. Ayol bunga javoban «yaxshi» deya, pichoqni olib o‘g‘rining yuziga silkita boshlagan.
«Men unga yomonlik qilmoqchi emasdim. Biroq, shuning o‘zi o‘g‘rini qo‘rqitishga kifoya qildi, uning qo‘llari qaltirab, qochib ketdi», — degan Sanga.
Polisiya tez orada gumondorni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Shahar sudi mahalliy fuqaro Styuart Glisonni o‘g‘irlikka urinish, sovuq qurol olib yurish va soxta kupyuralarni saqlashlikda aybdor deb topib, 5 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi