Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini tuzuvchi THE World University Rankings'da so‘nggi 12 yilda birinchi marta AQSh universitetlari birinchilikni qo‘ldan boy berishdi. Yangi reyting Britaniyaning Times Higher Education (THE) jurnalida taqdim etildi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.
Dunyoning eng yaxshi universiteti nomi Britaniyadagi Oksford universitetiga nasib etdi. Oxirgi 5 yil ro‘yxatda etakchilik qilgan Kaliforniya texnologiya instituti esa reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Kuchli uchlikka AQShning Stenford universiteti yakun yasadi.
4-o‘rin Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), 5-o‘rin Massachusets texnologiya instituti (AQSh), 6-o‘rin esa Harvard universiteti (AQSh) tomonidan band etildi. Priston universiteti (AQSh) 7-o‘rin, London Imperiya kolleji (Buyuk Britaniya) 8-o‘rinni egalladi. Reytingning 9-pog‘onasidan Shveysariya Federal texnologiya universiteti va 10 pog‘onasidan Berklidagi Kaliforniya universiteti (AQSh) joy oldi.
Tadqiqot natijalari reytingda odatdagidek Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari etakchilik qilayotganini ko‘rsatdi. Reytingdagi 980 o‘quv dargohidan 148tasi AQSh va 91tasi Birlashgan Qirollik universitetlariga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi