19:41 / 26.09.2016
7 269

Saakashvili Gruziyaga qaytsa hibsga olinadi

Saakashvili Gruziyaga qaytsa hibsga olinadi

Gruziya IIVning bayonot berishicha, respublikaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili vataniga qaytishga urinib ko‘rgudek bo‘lsa, zudlik bilan hibsga olinadi. IIV rahbari Georgiy Mgebrishvilining jurnalistlarga xotirlatishicha, Saakashvili bir nechta jinoiy ishlar bo‘yicha qidiruvda. Shu munosabat bilan Gruziya polisiyasi uni mamlakatga kirib kelishi bilan qo‘lga oladi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Ayni vaqtda, Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori bo‘lib ishlayotgan Saakashvili Gruziya parlamenti uchun 8 oktyabr kuni bo‘lib o‘tajak saylovlar natijasi e’lon qilinishi bilan Gruziyaga qaytishini ma’lum qilgan edi.

Gruziya parlament saylovlarida Saakashvilining "Yagona milliy harakat" partiyasi qatnashmoqda. Bundan tashqari, uning rafiqasi Sandra Rulofs deputatlik uchun kurashmoqda. Gruziyaning sobiq prezidenti saylovlarga oz muddat qolganida Turkiyada saylov shtabini tuzmoqchi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saakashvili Gruziyaga qaytsa hibsga olinadi