22:59 / 04.10.2016
9 146

Avtosalondan Orlando’sini ololmayotgan fuqaro Bosh vazirga shikoyat qildi

Avtosalondan Orlando’sini ololmayotgan fuqaro Bosh vazirga shikoyat qildi

Avvalroq, 24 sentyabrdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi-Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri “GM Uzbekistan” AJ va “Bekobod Avtosavdo” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan Chevrolet Orlando avtomobilini anchadan buyon ololmayotgani yuzasidan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga shikoyat qilgan, deyiladi "Qalampir" nashri xabarida.

Mazkur masala Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganildi va fuqaroning huquqlari buzilishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha aniq choralar ko‘rildi. Shikoyat o‘rganib chiqilgan holatda “GM Uzbekistan” AJ Boshqaruvchi direktori vazifasini bajaruvchi N.Latipov nomidan fuqaroga xat yuborildi.

“Sizning 2016 28 sentyabrda “GM Uzbekistan” AJga kelib tushgan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi”ga qilgan murojaatingiz bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Siz va “Bekobod Avtosavdo” MChJ o‘rtasida avtmobil xarid qilish uchun tuzilgan 1-206-2015-01144 sonli shartnomaning 2.1 bandida ko‘rsatilgan avtomobil “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 2016 sentyabrda “Bekobod Avtosavdo” MChJga etkazib berildi. Hozirda avtomobil “Bekobod Avtosavdo” MChJ dilerlik korxonasi hududida saqlanmoqda”, deyiladi kompaniyaning fuqaroga yuborgan rasmiy axborotida.

Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev nomiga tashkil etilgan sahifada qayd etilishicha, shikoyat bilan virtual qabulxonaga murojaat qilgan fuqaro “Bekobod Avtosavdo” MChJ bilan shartnomani 2015 yilning iyul oyida imzolagan. Oradan bir yildan oshiq vaqt o‘tgan. Shu muddat ichida kompaniya majburiyatini o‘z vaqtida ado etmagan. Virtual qabulxonaga qilingan murojaat muammoning echimi topilishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga (0 800) 210-0000 yoki 1000 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish (qo‘ng‘iroq respublika bo‘yicha bepul, faqatgina stasionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narhi bo‘yicha haq olinadi), xat yuborish (pm.gov.uz veb-saytida keltirilgan shaklni to‘ldirish orqali) yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali murojaat qilish mumkin edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtosalondan Orlando’sini ololmayotgan fuqaro Bosh vazirga shikoyat qildi