“Forbes” jurnali Amerikaning eng badavlat kishilari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ro‘yxatda oliy o‘rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts band etdi. Uning mablag‘i 81 milliard dollar ekanligi ma’lum qilindi, deyiladi "Qalampir" nashri xabarida.
Ikkinchi o‘rinni Amazon asoschisi va rahbari Jef Bezos egalladi. Uning daromad qiymati 67 milliard dollar bo‘lib, 2016 yilda Jef Bezos boshqa amerikalik badavlat kishilarga qaraganda ko‘p daromad olgan.
Uchlikni “Berkshire Hathaway” xoldingi bosh direktori Uorren Baffet yakunlab berdi. Uorren Baffet aslida 15 yil davomida bu reytingda ikkinchi o‘rinni egallab kelgandi.
Keyingi pog‘onadan 55,5 milliard dollar bilan Facebook asoschisi Mark Sukerberg joy oldi. Oracle asoschisi Larri Ellison 49,3 milliard dollar mablag‘i bilan 5 o‘rinni band etgan.
“Forbes” jurnalida keltirilishicha, jahonning eng badavlat amerikalik kishilari reytingidan joy olganlar yil davomida daromadlarini faqat ko‘paytirishgan va rekord ko‘rsatkichga olib chiqishgan. Umumiy hisob 2,4 trillion dollarni tashkil etmoqda. Reyting ro‘yxatiga kiritilgan eng badavlat kishining mablag‘i 1,7 milliard dollarga teng. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi