17:18 / 11.03.2015
16 910

G‘ulomjon Yoqubov Rahmatilla Mirzaevning qotilligi bo‘yicha tafsilotlarni so‘zlab berdi

G‘ulomjon Yoqubov Rahmatilla Mirzaevning qotilligi bo‘yicha tafsilotlarni so‘zlab berdi

Rahmatilla Mirzaev o‘limidan oldingi kuni, ya’ni 1 martda O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning yubiley konsertida ishtirok etgan.

“O‘sha kuni Rahmatillaning kayfiyati yaxshi edi, u ko‘pchilik bilan fotosuratga tushdi”, deb aytdi G‘ulomjon Yoqubov jurnalistlarga.

G‘ulomjon Yoqubovning so‘zlaricha, qotillik Mirzaev konsertdan uyiga qaytgandan keyin sodir etilgan.

Ma’lumot uchun, 2 mart kuni soat taxminan 7.00 larda o‘z uyida, zo‘ravonlik alomatlari bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining suxandoni Rahmatilla Mirzaevning jasadi topilgan edi.

Tezkor harakatlar natijasida qotillikni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan Zangiota tumani Chuvalachi fuqarolar yig‘inida yashovchi 21 yoshli K.Shoazizov hibsga olingan.

“Giyohvandlikda gumon qilinayotgan bu yigit Mirzaevga uch marta pichoq urgan hamda qo‘lga olinganida qo‘llari qonga belangan bo‘lgan. U shkaf ichida berkinib o‘tirgan”, deb aytdi Yoqubov suxandonning o‘limiga to‘xtalib.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘ulomjon Yoqubov Rahmatilla Mirzaevning qotilligi bo‘yicha tafsilotlarni so‘zlab berdi