TIV rahbari Abdulaziz Kamilov YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbarini qabul qildi.
12 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) mamlakatimizdagi Vakolatxonasining yangi rahbari Sasha Graumanni qabul qildi, xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Sasha Grauman o‘zining O‘zbekistonga tayinlanishi to‘g‘risidagi YuNISEF Ijrochi direktori Entoni Leykning xatini Vazirga topshirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Suhbat chog‘ida 15 aprelda imzolangan 2016 2020-yillarda YuNISEFning Mamlakatimizga oid hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekanligi bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»