13:50 / 13.10.2016
7 689

Mashinasida odam urib yuborib, so‘ngra voqea joyidan berkingan rahbar qo‘lga tushdi

Mashinasida odam urib yuborib, so‘ngra voqea joyidan berkingan rahbar qo‘lga tushdi

Shermirza (ismlar o‘zgartirilgan) katta bir tashkilotga rahbar etib tayinlandi. Yangi lavozimda biroz o‘zini ko‘rsatgan Shermirza bora-bora maishatga, ichkilikbozlikka ruju qo‘ydi. Sarxush holatda mashina haydab uyiga kelish odatga aylandi. Bu haqda “Kun.uz” nashri yozmoqda.

O‘sha kuni ham sarxush holatda u o‘z “Neksiya”sini boshqarib kelayotgan edi. Qishloqqa kirish yo‘lida mashinaga nimadir qattiq urilganidan Shermirza bir seskanib tushdi. U voqea joyidan qochib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Ertalab soat ettilar chamasida Shermirza turmush o‘rtog‘ining so‘zlaridan zo‘r-bazo‘r ko‘zini ochdi. Xotini unga ichki ishlar xodimlari so‘rab kelganini aytayotgan edi.

Tergov jarayonlaridan shu narsa ayon bo‘ldiki, u yarim tunda urib yuborgan jabrdiyda o‘zining mahalladoshi, 19 yashar yigit bo‘lib chiqdi. Jinoyat ishlariga oid tibbiy ekspertizalardan ma’lum qilinishicha, marhum transport vositasi urib yuborgandan so‘ng, biroz o‘zini yo‘qotgan, o‘ng qo‘li sinib, yo‘l chetidagi ariqqa yiqilgan va suvdan chiqa olmay, og‘ziga suv kirishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashinasida odam urib yuborib, so‘ngra voqea joyidan berkingan rahbar qo‘lga tushdi