Shu kunlarda Samarqandga tashrif buyurgan «Lukoyl» neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda "Diydoraziz.uz" sayti yozmoqda.
Mehmon Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzaev hamrohligida Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. «Lukoyl»kompaniyasi rahbari Islom Karimovni hech shubhasiz mustaqil O‘zbekistonning asoschisi deya atash mumkinligini e’tirof etdi va Karimov o‘z davlatni boshqarishda o‘zining yorqin iqtisodiy bilimlarini namoyish etgan holda ona vatan ravnaqi uchun ulkan ishlarni amalga oshirganini qayd etdi.
«Lukoyl» kompaniyasining O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishtiroki, «Uzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik loyihani amalga oshirishi aynan Islom Karimovning tashabbusi bilan bo‘lgan, deb yoziladi nashrda.
Vagit Alekperov Samarqandga tashrifi doirasida Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Doniyol payg‘ambar qabri va va boshqa diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rdi hamda «Samarqand-Buxoro ipak gilami» qo‘shma korxonasining faoliyati bilan tanishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi