Alisher Usmonovning matbuot xizmati milliarderning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga ta’sir o‘tkazishi haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi. Bu haqida tadbirkorning matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga aloqasi yo‘q, bu boradagi maqolalar esa mish-mishdan boshqa narsa emas», — deb yozadi Forbes'ga asoslanib Kun.uz nashri.
«Bir necha marta aytilganidek, A.B.Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmaydi», — deyilgan matbuot relizida. Shuningdek unda Usmonovning O‘zbekistonda ko‘p do‘stlari va qarindoshlari borligi ta’kidlangan.
Manbaga ko‘ra, agar O‘zbekiston rahbariyati qandaydir yordam so‘rab murojaat qilsa, Alisher Usmonov «foydasi tegishidan xursand bo‘ladi». Matbuot relizida shuningdek ishbilarmonning «tarixiy vataniga muvaffaqiyatlar va farovonlik» tilashi ma’lum qilingan.
Bundan avval Reuters agentligi ikki diplomatik manbasiga tayanib, O‘zbekistonning boshqaruv tizimiga doir xato ma’lumot bergan va Alisher Usmonovning hozirgi rahbariyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida yozgan va «Toshkent aeroportida milliarderning samolyoti ko‘p kuzatilayotgani»niga ishora qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi