Andijon viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida qasddan odam o‘ldirishda ayblanayotgan Abdulla Boltaev, Iqbol Bekturdiev va Bahodir Nuralievlar (ism-shariflar o‘zgartirilgan) qo‘lga olingan.
“Huquq” gazetasiga ko‘ra, uch nafar hamtovoq til biriktirib, biror avtoulovni qo‘lga kiritish rejasini tuzishadi. A. Boltaev va I. Bekturdievlar “Spark” rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchi Botir Alimovdan ularni o‘z manzillariga etkazib qo‘yishni so‘rashadi.
Mashina odam kam ko‘chalardan biriga kirgan paytda I. Bekturdiev haydovchining boshidan ushlab oladi, A. Boltaev esa pichoq bilan unga og‘ir tan jarohatlari etkazadi. Jinoyatchilar mashinadan o‘zini tashqariga otgan haydovchiga etib olib, uni joni uzilgunga qadar tepkilashadi. Shundan so‘ng ular mashinani olib, yo‘l-yo‘lakay B. Nuralievni ham mashinaga mindirib, Jalaquduq tumaniga yo‘l olishadi. U I. Bekturdievning qarindoshi yordamida mashinani qon dog‘laridan tozalashadi va jinoyat izlarini yo‘qotishadi. Shunga qaramay, ular tezda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
Andijon viloyat sudi A. Boltaevga 18 yil, I. Bekturdievga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. O‘ta og‘ir jinoyatni
yashirishda ayblangan B. Nuralievga nisbatan oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil 8 oy muddatga axloq tuzatish jazosi qo‘llandi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?