17:42 / 13.03.2015
7 969

Microsoft Rossiyadagi eng yaxshi ish beruvchi deb tan olindi

Microsoft Rossiyadagi eng yaxshi ish beruvchi deb tan olindi

“Kommersant’” gazetasi va Headhunter portali hamkorlikda ishlab chiqilgan Rossiya ish beruvchilari reytingini e’lon qildi. 2014 yil yakunlariga ko‘ra reytingda birinchi o‘ringa Microsoft kompaniyasi munosib ko‘rildi.

Ish beruvchilarning faoliyati uch kriteriy bo‘yicha baholandi: ish qidirayotganlarning fikri, xodimlarning fikri va HR ma’muriyati faoliyatining samaradorligi. Tadqiqot doirasida faqat 100dan ortiq ish o‘rniga ega tashkilotlar faoliyati o‘rganib chiqildi.
2012 va 2013 yilgi reytinglarda birinchi o‘rinni Google egallagan edi, ammo 2014 yilda uning faoliyati Rossiya hududida qisqartirilgani tufayli bu safar kompaniya reytingga kiritilmadi.

Birinchi o‘ringa ko‘tarilgan Microsoft 126.8 ball to‘pladi. Undan keyingi o‘rinlarni “VTB 24” banki (126.8 ball) va “Gazprom neft” kompaniyasi (123.6 ball) egalladi.

Reyting mualliflarining so‘zlariga qaraganda, undan yil sayin yirik xorijiy kompaniyalarning Rossiyadagi vakolatxonalari chiqib ketmoqda. Bu AQSh va Evropaning Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari oqibatidir.

“Yandeks” kompaniyasining jamoatchilik aloqalari bo‘yicha direktori Ochir Manjikovning so‘zlariga qaraganda, reytingga unda ishtirok etish uchun mustaqil ravishda talabnoma yo‘llagan kompaniyalargina kiritilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Microsoft Rossiyadagi eng yaxshi ish beruvchi deb tan olindi