20:33 / 10.11.2016
7 333

Qozog‘istonda taniqli tadbirkor ayol odam o‘g‘irlagani uchun sudlandi

Qozog‘istonda taniqli tadbirkor ayol odam o‘g‘irlagani uchun sudlandi

Qozog‘iston moda sohasida faoliyat yurituvchi taniqli tadbirkor ayol Liliya Rax biznes-hamkori Xamro Suvanovni o‘g‘irlagani uchun 7 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortildi, deb yozmoqda "Kun.uz" sayti.

"Sud hukmi bilan Liliya Rax Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 125-moddasi 2-qismi 1,8-bandida ko‘zda tutilgan (g‘araz niyatda bir guruh shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib odam o‘g‘irlash) jinoyatni amalga oshirishda aybdor deb topildi va unga 7 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi", deyilmoqda xabarda.

Jinoiy ish bo‘yicha o‘tgan yana bir ayblanuvchi, zargarlik uyi egasi Miri Paz 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov taxminiga ko‘ra, jinoyatda ishtirok etgan, hech qayerda ishlamaydigan Baxit Shalbaev va Islom Misirovga 8 yillik qamoq jazosi berildi. Jazolanuvchilar jazoni umumiy tartibdagi axloq-tuzatish koloniyasida o‘tashlari belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, sud barcha sudlanuvchilarning mol-mulkini musodara qildi.

"Sud tomonidan sudlanuvchilar Liliya Rax, Miri Paz, Islom Misirov va Baxit Shalbaev 2016 yil 6-27 iyul kunlari Olmaotada bo‘lib, o‘zaro til biriktirib jabrlanuvchi Xamro Suvanovni o‘g‘irlashgani va jabrlanuvchidan unga sotish uchun berilgan zargarlik buyumlari va pul mablag‘lari qaytarilishini talab qilib, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavfli tarzda zo‘ravonlik qo‘llab, g‘araz niyatda ushlab turishgani o‘rnatildi", deb ma’lum qilindi xabarda.

Rax dunyoga taniqli brendlar mahsulotlari taqdim qilingan zamonaviy kiyim-kechak do‘konlariga egalik qiluvchi Sauvage Group kompaniyasi ta’sischisi hisoblanadi. 2015 yilda Business of Fashion internet-nashri Raxni moda olamidagi eng nufuzli 500 kishi orasiga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda taniqli tadbirkor ayol odam o‘g‘irlagani uchun sudlandi