Koreyaliklar dunyodagi ortiqcha vaznlilari ko‘p millat sanalmaydi, lekin sog‘lom ovqatlanish va vaznni me’yorda ushlash masalalari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shimoliy Koreyaning bir yo‘la bir nechta banklari ozishni istagan mijozlari uchun takliflar ishlab chiqishdi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Uni ikki og‘iz so‘z bilan shunday izohlash mumkin: «Qancha ko‘p ozsang – shuncha ko‘p ishlab topasan».
Dastlab mijozlarga bankda hisob raqami ochish taklif etiladi. Undagi pul miqdori mijozning vazni bilan bevosita bog‘liq. Bir yil ichida mijoz 5 foiz vazn tashlay olsa, depozit bo‘yicha pul miqdori ancha-munchaga oshadi. Boshqa bir bankda avtomobil o‘rniga velosipedga o‘tirish uchun foyda olish mumkin. Ayni damda velosiped olib qochilishi hamda halokat holatlaridan bepul sug‘urta qilinadi.
Bu borada Kookmin Bank hammasidan oshib tushdi. U erda mijozlarga smartfon uchun maxsus dasturni ko‘chirib olish maslahat beriladi. Bu dastur ulab olinganidan so‘ng telefonda ikkita tugmacha chiqadi: bir finjon qahva va taksi. Kishi har safar qahva ichishni yoki jamoatchilik transporti o‘rniga taksida yurishni istab qolganida, ekrandagi tegishli tugmachani bosishi kerak bo‘ladi. Ayni damda u qahva o‘rniga boshqa bir ichimlik ichadi, boradigan eriga ham taksida emas, balki jamoatchilik transportida boradi. Shunga yarasha ichilmagan qahva va taksi haqi avtomatik ravishda uning bankdagi hisobiga o‘tadi. Shu tariqa mijoz go‘yoki ishlatgan pullar unga foyda keltiradi. Bundan tashqari, piyoda yurish hamda sog‘lom ichimliklar ichish natijasida inson yana ozadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi