23:10 / 25.11.2016
9 189

Lola Karimova-Tillyaeva kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tdi

Lola Karimova-Tillyaeva kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tdi

“Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi o‘z faoliyatini boshlaganiga 14 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan jamg‘arma raisi Lola Karimova-Tillyaeva Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xayriya tashkilotining 14 yil davomida erishgan yutuqlari borasida o‘z fikrlarini bayon qildi, deya xabar bermoqda Sof.uz sayti.

Lolaning aytishicha, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya tashkiloti faoliyati davomida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan.

Xususan, shu kunga qadar “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda 15000 dan ortiq bolajonlarning davolanishida ko‘makdosh bo‘lgan.

Shuningdek, jamg‘arma Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazidagi imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun aravachalar, turli protez va eshitish apparatlarini xarid qilishda o‘z hissasini qo‘shgan

Xayriya jamg‘armasi tomonidan qurib bitkazilgan va qayta ta’mirlangan Mehribonlik uylarida xalqaro standartlar asosida jihozlangan tibbiy bloklar tashkil etilib, ularda bolalarga yuqori malakali tibbiy xodimlar tomonidan profilaktik va terapevtik yordam ko‘rsatiladi.

“Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi amalga oshirgan ezgu ishlarni aytib o‘tishi barobarida Lola Karimova-Tillyaeva quyidagi fikrlarni ham bildirdi:

“Jamoamiz o‘zining fidokorona va jonkuyar mehnati ila qiyin ahvolda qolgan ko‘plab bolalarning hayotini yaxshilashda salmoqli natijalarga erishgani bilan faxrlanaman.

Bizning kelajakdagi rejalarimiz bisyor. O‘zbekistondagi ota-ona mehridan bebahra qolgan va imkoniyati cheklangan har bir bola yolg‘iz emasligini, biz uning kamol topishi va baxtu-saodati yo‘lida qo‘limizdan kelgancha harakat qilishimizni bilishini astoydil istayman”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyaeva.

Ma’lumot o‘rnida, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya tashkilotiga 2002 yilda asos solingan bo‘lib, uning asosiy vazifasi boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam berishdir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova-Tillyaeva kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tdi