10:43 / 27.11.2016
7 624

Nazarboyev: IShIDning Suriya va Iroqdan "siqib chiqarilishi" Markaziy Osiyoga xavf soladi

Nazarboyev: IShIDning Suriya va Iroqdan "siqib chiqarilishi" Markaziy Osiyoga xavf soladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev IShID jangarilarining Suriya va Iroqdan faol ravishda siqib chiqarilishi vaziyatida Markaziy Osiyo davlatlari tinchligini yo‘qotishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

"Agar hozir butun koalisiya Iroq va Suriyada faol ishlasa, IShID siqib chiqarilsa, qaerga siqib chiqariladi? Afg‘oniston tomonga. Unda bular mintaqamizning janubiy sarhadlariga kelishi mumkin. Afg‘oniston bilan Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston chegaradosh. Agar jangarilar janubdan qo‘shnilarimizga bosim o‘tkazsa, unda bizda ham tinch bo‘lmaydi", deb aytdi Nazarboyev Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida. Bu intervyu Qozog‘istonning "Xabar" davlat telekanali orqali namoyish qilingan.

Nazarboyev terrorchilik muammosi nafaqat Qozog‘iston, balki butun sayyora uchun dolzarbligini aytdi.

"Keling tushunchalarni aniqlashtirib olamiz. Qur’onda musulmonlar kimnidir o‘ldirishi kerak degan bittayam harf yo‘q: u erda bir odamni o‘ldirish butun insoniyatni o‘ldirishga barobar deyilgan. Turli millat va toifadagi terrorchilar ularda qayerdandir paydo bo‘lgan pullarga barchani o‘z safiga jalb qilgan. Nafaqat sobiq ittifoq, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarboyjondan, balki Evropadan ham IShIDda odamlar jang qilmoqda, Amerika va Angliyadan jang qilmoqda", deb qo‘shimcha qildi Qozog‘iston prezidenti.

Nazarboyev "islom va terrorchilik, qo‘poruvchilik – bu turli narsalar" ekanini ta’kidlab o‘tdi. "Butun dunyoda buni adashtirishadi, biroq 1,5 mlrd musulmonni bunga bog‘lash yaramaydi. Birinchidan, noxolis va noto‘g‘ri, bu madaniyatlarni nasroniylar-musulmonlar chizig‘ida to‘qnashtirishga olib borishdir. Bu haqda emas, balki musulmonlarning o‘zi kurashayotgan terrorchilar haqida gapirish kerak", deb ta’kidlab o‘tdi Nazarboyev.

Nazarboyevning aytishicha, terrorchilik xavfi bilan "birlashgan holdagina kurashish mumkin".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazarboyev: IShIDning Suriya va Iroqdan "siqib chiqarilishi" Markaziy Osiyoga xavf soladi