19:12 / 01.12.2016
7 388

Shavkat Mirziyoyev Braziliya Prezidentiga ta’ziya izhor etdi

Shavkat Mirziyoyev Braziliya Prezidentiga ta’ziya izhor etdi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Mishel Migel Elias Temer Luliaga Kolumbiyada Braziliya yo‘lovchi samalyotining halokatga uchrashi va natijda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etdi.

Mamlakat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini izhor etib, jarohat olganlarga esa tez orada sog‘ayib ketishni tiladi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Bortida 77 nafar kishi, jumladan, 9 ekipaj a’zosi bo‘lgan samalyot seshanba kuni Medelin shahridan 50 km uzoqlikda qulab tushgan edi. Yo‘lovchilar orasida Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasi o‘yinchilari va mas’ullari ham bo‘lgan. Halokatdan 6 kishi omon qolgan. Samolyotning qulab tushishiga yonilg‘ining etarli miqdorda emasligi sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Braziliya Prezidentiga ta’ziya izhor etdi