12:19 / 09.12.2016
8 184

Patriarx Kirill Mirziyoyev haqida nima dedi?

Patriarx Kirill Mirziyoyev haqida nima dedi?

Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi patriarx Kirill, O‘zbekiston yangi prezidentiga uning ushbu ulug‘ lavozimga saylanishi xalq ishonchidan darak dedi.

Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrikladi va kelajakda ham Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovi hamda O‘zbekiston hukumati orasida hamkorlik davom etishiga umid bildirdi. «Siz uzoq yillar davomida o‘z xalqingizga fidokorona xizmat qildingiz. Barcha kuch va qobiliyatingizni mamlakat rivojlanishi va fuqarolar farovonligi yo‘lida sarfladingiz. Bo‘lib o‘tgan saylov O‘zbekiston aholisining sizga bo‘lgan ishonchini namoyish qildi. Ular o‘z kelajaklarini va bugungi kundagi muhim muammolarni siz bilan birgalikda hal qilishni umid qilmoqdalar», — deyilgan RPCh rahbari xabarida. Shuningdek, Patriarx Kirill O‘zbekiston rahbariga o‘zbek xalqiga ma’suliyat bilan xizmat qilishda sog‘liq va muvaffaqiyat tiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Patriarx Kirill Mirziyoyev haqida nima dedi?