6 568
Dunyoning eng badavlat kishilari sof energetikaga 1 milliard dollar investisiya kiritishadi
Bill Geyts ekologik sof energiya innovasiyasiga investisiya kiritib, iqlim o‘zgarishi bilan kurashuvchi fondni boshqarib keladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Microsoft hammuassisi va uning investor hamkasblari ertaga Breakthrough Energy Ventures fondi ochilishi haqida e’lon qilishmoqchi. BEV chiqindilarni kamaytirishga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarga investisiya kiritadi.
BEV rahbariyati tarkibiga shuningdek Alibaba asoschisi Jek Ma, Reliance Industries raisi Mukesh Ambani, venchur kapitalistlar Jon Dorr va Vinod Xosla, SAP hammuassisi Xasso Platner va sobiq energiya xej-fondi menejeri Jon Arnold kiradi. Bloomberg va Forbes baholariga ko‘ra, rahbarlarning birgalikdagi sof mablag‘i 170 milliard dollar atrofida.
O‘tgan yili Geyts sof energiya texnologiyasiga qo‘shimcha 1 milliard dollar investisiya qilish rejasi haqida ma’lum qilgandi. Yangi fond bu sohani rivojlantirish sari qo‘yilgan keyingi, dadil qadam bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi