19:30 / 17.12.2016
12 100

O‘quv muassasalaridagi qishki ta’tilning muddati e’lon qilindi

O‘quv muassasalaridagi qishki ta’tilning muddati e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan, ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarini 2016 yilning 28 dekabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar qishki ta’tilga chiqarish belgilandi.

Avvalroq 1-5 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan qisqa muddatli ta’til e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. Ta’til oliy ta’lim muassasalari mehnat jamoasi va talaba-yoshlarining Konstitusion huquqlaridan kelib chiqib, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarida doimiy yashash joylaridan ishtirok etishlariga sharoit yaratish maqsadida joriy etilgan edi.

Qo‘shimcha ta’til e’lon qilingani munosabati bilan talabalar orasida qishki ta’til qisqartirilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Biroq yuqoridagi buyruqdan ma’lumki, qishki ta’til har yildagidek o‘zgarishsiz qoldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘quv muassasalaridagi qishki ta’tilning muddati e’lon qilindi