Dallas shahrida “Maxfiy Santa” 322 nafar ustozni qutlab, ularning har biriga 400 dollardan pul sovg‘a qildi. Bu kabi sovg‘ani shaharning oltita maktabidagi ustozlar olishgan.
Noma’lum mesenat bu pullarni shahar o‘rta maxsus ta’lim tashkiloti orqali xayriya qilgan. Shu tariqa u pedagoglarning og‘ir mehnatiga o‘z minnatdorchiligini bildirmoqchi bo‘lgan.
Aksariyat baxtiyor ustozlar bu pullarni o‘z shogirdlariga, to‘g‘rirog‘i sinf xonalarini yaxshilash, kanselyariya buyumlarini xarid qilishga sarflashini aytishgan.
“Nihoyat o‘quvchilarim bitta qaychini bo‘lishib o‘tirmaydigan bo‘lishdi”,-dedi Edison Middle Learning Center o‘qituvchisi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi