Chorshanba kuni «Aeroflot» kompaniyasiga tegishli SU1871 «Toshkent-Moskva» reysining A330 samolyoti O‘zbekiston poytaxtiga parvoz qilganidan so‘ng texnik nosozlik tufayli ortga qaytdi, deb xabar qildi «Gazeta.uz» nashri.
Bu so‘nggi 10 kun ichida sodir bo‘lgan ikkinchi hodisa hisoblanadi. 12 dekabrda xuddi shu reys samolyoti (boshqa bort raqamli) bir soat kechikib uchgan holda nosozlik sababli tez orada Toshkentga qaytgan edi.
Yo‘lovchilar ma’lumotiga ko‘ra, parvoz taxminan 4:45 da amalga oshirilgan (jadval bo‘yicha — 4:30 da), biroq taxminan bir soatdan so‘ng ekipaj uchish joyiga qaytish zarurati tug‘ilgani haqida xabar bergan. 6:50 lar atrofida layner Toshkentga qo‘ngan.
Poytaxt aeroporti reysni amalga oshirishning aniq vaqtini ma’lum qila olmadi. Ayni paytda samolyotni tekshirish ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi