14:57 / 21.12.2016
11 830

«Sun’iy tishlar saraton sababchisimi?»

«Sun’iy tishlar saraton sababchisimi?»

— Yoshim 42 da. Tishlarimning yuqori qavati mo‘rtlashib, joyidan siljib qolgan. Pastki qatordagilaridan esa bir qanchasi tushib ketdi. Bo‘sh qolgan tish o‘rnini sun’iysi bilan to‘ldiraymikan desam, odamlar orasidagi implant tish saratonga sabab bo‘lishi mumkin degan so‘zlarni eshitib qoldim. Chindan ham shunday bo‘lishi mumkinmi? Umuman implant tishlar qanday xom-ashyodan tayyorlanadi?

Quvondiq Mamarasulov, Toshkent viloyati


Savolga shifokor stomatolog Ulug‘bek Muhammadxo‘jaev javob beradi:

— Tish implantlari saratonni paydo qiladi degan gaplar mutlaqo asossiz! Sun’iy tishlar tibbiyotda keng qo‘llaniladigan titandan yasaladi. Titan inson organizmi yaxshi qabul qiladigan, 95 foizga begonasiramaydigan xom – ayoshdir. Implant tish jag‘ suyaklariga qo‘yilib, shakli tish ildiziga o‘xshash bo‘ladi. Bugunga kelib, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan implantlar sifat jihatdan jahon standartlariga to‘liq javob beradi. Sun’iy tishlar turlicha bo‘lib, jag‘ suyagining yupqa yo qalinligiga qarab tanlanadi. Jag‘ suyagi yupqa bo‘lgan holatlarda tekis, yapaloq implantlar qo‘yiladi. Tibbiyotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi implantalogiya sohasida ham aks etmoqda. Ingichka va atrofiyaga uchragan jag‘ suyaklari suyak kukuni yordamida o‘stirilib, kengaytirilib tish ildiziga o‘xshagan shakldagi implantlar ekilmoqda va amaliyot to‘liq o‘zini oqlamoqda. Yo‘qotilgan tishlar o‘rnini tiklab, 100 foizgacha chaynov va estetik ko‘rinishni tiklashning eng optimal usuli hisoblangan implant tishlar yaxshi bitib joylashganida 25 yilgacha xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sun’iy tishlar saraton sababchisimi?»