12:43 / 22.12.2016
6 814

Alisher Usmonov oliy mukofot bilan taqdirlandi

Alisher Usmonov oliy mukofot bilan taqdirlandi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya muftiylar kengashining oliy mukofoti bo‘lgan birinchi darajali "Al-Faxr" ordeni bilan mukofotlandi. Usmonovga ordenni kengash va Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi raisi Ravil Gaynutdin topshirgan. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.

Usmonov Rossiyadagi yirik saxovatpesha insonlardan hisoblanadi. U sport, madaniy, ilmiy-o‘quv loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda islomning diniy va madaniy merosini saqlab qolishda ko‘mak ko‘rsatadi. Jumladan, tadbirkor Qozondagi Oq masjid, Tataristondagi Bulg‘or islom akademiyasi va Chita jome’ masjidi qurilishiga mablag‘ ajratgan.

"O‘zingni qalbing bilan hamohanglikda his qilish uchun o‘z diningda bo‘lishing, dindoshlaringga yaqin bo‘lishing kerak. Men musulmonman va musulmon farzandiman – yaqin kishilaring, dindoshlar uchun yaratilayotgan xayrli ish, mening fikrimcha, hayotimizning asosiy mazmuni hisoblanadi", deb Usmonovning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tgan matbuot xizmati.

Usmonov "odamlarga yaxshilik qilib, buning evaziga hech qanday minatdorchilik kutish kerakmas"ligini ta’kidlab o‘tdi.

"Rossiyaning musulmon ummati – jamiyatning davlatimizning birlashishi uchun ko‘mak beradigan, pravoslavlik bilan doimo osuda birga yashaydigan qismidir. Barcha rossiyaliklar qanday dinga mansubligidan qat’i nazar, yagona xalqdir", deb aytgan Usmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov oliy mukofot bilan taqdirlandi