12:57 / 26.12.2016
7 835

Xitoylik milliarder kambag‘al insonlar psixologiyasi haqida

Xitoylik milliarder kambag‘al insonlar psixologiyasi haqida

Xitoylik milliarder Jeka Ma kambag‘al kishilarning ruhiyati haqida fikr bildirdi. Quyida uning tarjima qilingan matnini keltiramiz.

“Kambag‘al kishilar talabini bajarish juda mushkul. Ularga nimanidir tekinga bersang, bu qopqon, deb o‘ylaydilar. Ularga bu kichik investisiya desangiz – ko‘p mablag‘ ishlash topish mumkin emas, deyishadi. Ularga yirik miqdorda moliya kiritish taklifini bersangiz, pullarini yo‘qligini ro‘kach qilishadi. Yangi mavzular taklif etilsa – tajribalari yo‘qligidan xavotirlanishadi. Ularga bu an’anaviy biznes ekanligini aytsangiz, bu og‘ir deydilar. Ularga bu yangi biznes-model desangiz – piramida deyishadi. Ularga do‘kon ochish haqida gapirsangiz – erkinlik yo‘q deyishadi. O‘z bizneslarini boshlash haqida gap ochsangiz, yangi biznes rivojlanishiga hech qanday isbot yo‘qligini aytishadi.

Ular ko‘plab umumiy xususiyatlarga ega: Google’dan foydalanishni, xuddi o‘zlari kabi omadsiz do‘stlariga quloq tutishni. Ular universitet professorlaridan ham ko‘proq o‘yga tolishadi va ko‘zi ojiz kishilardan ham kamroq narsalar qilishadi. Ulardan nima qilishlari mumkinligi haqida so‘rang. Ular sizga javob bera olmaydi.

Mening xulosam: yurakdan tezroq urishni talab qilishni o‘rniga, o‘zingiz tezroq harakat qilsangiz nima bo‘ladi? Xayollarga berilish o‘rniga, fikringizdagi narsani amalga oshirishingizga nima halal beradi? Kambag‘al insonlar bitta xususiyatlari sabab omadsizlikka yuz tutishadi: Ularning umri kutish bilan o‘tadi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoylik milliarder kambag‘al insonlar psixologiyasi haqida