22:01 / 06.01.2017
7 643

Rim papasi planshetidagi kamerani to‘sib qo‘yishi aniqlandi

Rim papasi planshetidagi kamerani to‘sib qo‘yishi aniqlandi

Rim papasi Fransisk o‘z planshetidagi kamerani stiker bilan yopib qo‘ygan holda tushgan surati avval Vatikan nashrlarida, keyin esa ijtimoiy tarmoqlarda yoyildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari papaning iPad planshetidagi old kamerasi Vatikan gerbi tasvirlangan maxsus nakleyka bilan to‘sib qo‘yilganini payqashgan.

Umumiy taxminga ko‘ra, papaning planshetidagi kamera xakerlar masofadan turib uni boshqarib, papaning surat va videolarini yashirincha suratga olmasliklari nuqtai nazaridan yopib qo‘yilgan. Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Sukerberg ham xuddi shunday yo‘l tutishni afzal ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rim papasi planshetidagi kamerani to‘sib qo‘yishi aniqlandi