6 yanvar kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimiga “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov saylandi.
Yig‘ilishda to‘rt yillik olimpiya siklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov hisobot berdi.
Bosh Assambleya yig‘ilishida Milliy olimpiya qo‘mitasining to‘rt yiliik sikldagi faoliyati qoniqarli deb bir ovozdan qabul qilindi.
Shuningdek qo‘mita vise prezidentlari sifatida Valeriy Tyan, Salim Abduvaliev, Farhod Turdiev va Umid Ahmadjonovlar saylanishdi. Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylandi va faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?