6 617
Qozog‘iston qirg‘iz go‘shti va sutini o‘z hududi bo‘ylab avtomobilda olib o‘tishni taqiqladi
Qozog‘iston 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab qirg‘iz go‘shti va sut mahsulotining o‘z hududi bo‘ylab avtomobil transporti orqali tranzitini taqiqladi, deb yozadi Kun.uz sayti. Bunday xat Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat veterinar va finosanitar inspeksiyasiga yuborilgan.
Unga ko‘ra, 15 korxona mahsuloti taqiqlangan. Ular Rossiya ro‘yxatiga 2016 yilning fevralida kiritilgan. Bu korxonalar o‘z mahsulotini RF hududida sotish huquqiga ega, biroq Qozog‘iston reestriga kiritilmagan. Ularga mahsulotni faqatgina temir yo‘l transporti orqali olib o‘tishga ruxsat berildi.
Qirg‘iziston hukumati Qozog‘iston rahbariyatiga vaziyat yuzasidan izoh berishni so‘rab maktub yo‘lladi. Xususan, qozog‘istonliklar nima uchun qishloq xo‘jaligi vazirligi transport sohasidagi siyosatni belgilayotganini tushuntirib berishlari kerak.
Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi Evroosiyo iqtisodiy komissiyasiga ham murojaat qilgan. U bu masalani 2017 yilning 13 yanvar kuni ko‘rib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?