Moskva shahrining Kunsevo sudi huquq-tartibot muassasalari bir yoshli qizini tortib olgan o‘zbekistonlik ayol Nilufar Mamasaidovaning Rossiyadan deportasiya qilinishi ishi materiallarini polisiyaga qaytarib berdi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligiga asoslanib Kun.uz sayti xabar berdi.
"Sud materiallarni etarlicha hajmdagi isbotlar yo‘qligi sababli polisiyaga qaytarib berdi", deb aytdi sud matbuot kotibi.
Avvalroq OAVda Moskva ichki ishlar boshqarmasining "Kunsevo" bo‘limi xodimlari dekabr oxirida Mamasaidovaning yashash manzili bo‘yicha kelib, uning qizini ayolda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligiga asoslanib olib ketishgani haqidagi ma’lumot paydo bo‘lgandi.
O‘z navbatida, Moskva ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatida polisiya xodimlari qizchani olib ketishmagani, u yuqori harorat bilan shifoxonaga yotqazilgani ma’lum qilingan.
Rossiya prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Anna Kuznesova o‘zbekistonlik ayolga farzandini qaytarib berish uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini aytgandi. Uning aytishicha, hozirda qizcha yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi va uning onasi hujjatlarni rasmiylashtirgandan keyin uning yoniga tashrif buyurishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi