Internetda AQSh prezidenti Barak Obama o‘z yordamchisiga kuyovjo‘ra bo‘lgan to‘y marosimidan suratlar paydo bo‘ldi. Fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda va BuzzFeed saytida chop etildi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Washington Post nashrining xabar berishicha, Obama golf bo‘yicha sherigi va yordamchisi Marvin Nikolson va kelin Xelen Paychichning to‘yida kuyovjo‘ra bo‘lgan. To‘y Floridagi Sent-Jons daryosidagi qarorgohda bo‘lib o‘tgan.
Nikolson Obamaga butun prezidentlik muddati davomida yordam berib kelgan. U Obamaning safarlarini rejalashtirish uchun javob bergan va unga golf o‘yini yoki samolyotda ketayotganda qarta o‘yinlarida sheriklik qilgan.
Kelin ham oxirgi vaqtlarda Obama ma’muriyatida ta’lim departamentida ishlagan. Kelin-kuyov Obamaga 2008 yilgi kampaniyasida yordam berishgan, kelinning otasi Stiv Paychich esa Obamaning kampaniyasiga mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullangan.
Obama to‘yga rafiqasisiz kelgan, unga bir necha nafargina yordamchisi va smokinglarga kiyinib olgan maxsus xizmat xodimlari hamrohlik qilishgan.
To‘yda shuningdek AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham ishtirok etgan. Nikolson Obamaga ishga o‘tishdan avval Kerrining yordamchisi bo‘lib ishlagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi