19:22 / 30.05.2015
9 385

Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

29 may kuni Moskvaga yo‘l olgan ikki yo‘lovchi samolyot ob-havo aynishi tufayli chaqmoqdan zararlandi. Interfaks agentligi'ga tayanib Kun.uz xabar berishicha, yo‘lovchi samolyotlari Farg‘ona va Sankt-Peterburgdan Moskvaga uchib kelgan.

Moskvaning Domodedovo aeroportiga Farg‘onadan kelgan A-320 va Sankt-Peterburgdan kelgan Boeing-737 samolyotlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida chaqmoq tufayli ularning balandlik ruli konstruksiyasiga zarar keltirilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, ob-havoning yomonligi tufayli 60dan ortiq reys ushlanib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi